Xorijiy ekspertlar
Xolboyev Akmal Akrom o‘g‘li
🌍
AQSH
“Skyline Realtors LLC” kompaniyasi rahbari. Ushbu kompaniya rietorlik sohasiga ixtisoslashtirilgan bo‘lib, AQSHda ko‘chmas mulk sohasida keng tajribaga ega. Ular biznes modellari, ipoteka tizimi, huquqiy jarayonlar va bozor monitoringi kabi sohalardagi nou-xauni O‘zbekistonga olib kirish imkoniyatiga ega. Bu esa mahalliy developerlar va brokerlar malakasini oshirishga xizmat qiladi. O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bozori tez sur’atlarda rivojlanmoqda. Skyline Realtors bilan hamkorlik orqali zamonaviy marketing usullari, elektron platformalar va shaffof shartnomalar amaliyoti joriy qilinishi mumkin.